09:03 / 20.08.2017
9895

AQShda yuk mashinasining muzlatish kamerasidan 60 nafar migrant topildi

Amerikaning Texas shtatida chegara xizmati xodimlari yuk mashinasining muzlatish kamerasida bo‘lgan 60 nafar noqonuniy muhojirni qutqardi. Bu haqda Fox News xabar bermoqda.

Migrantlar brokkoli bilan to‘ldirilgan konteynerlar orasida yotishgan hamda ularni chegarachilarning itlari topishdi. Xabar qilinishicha, muzlatish kamerasi eshiklari yopiq bo‘lgan, va migrantlar u yerdan o‘zlari mustaqil ravishda chiqib keta olishmagan. Ichkaridagi havo harorati Tselsiy bo‘yicha taxminan 8 daraja atrofida bo‘lgan.

Migrantlar orasida Gvatemalaning 22, Meksikaning 17, Salvadorning 13 va Hondurasning 8 fuqarosi bo‘lgan.

Ularga tibbiyotchilar xizmati taklif etildi, biroq barchasi buni rad etishgan.

Yuk mashinasi haydovchisi xorijliklarni noqonuniy olib o‘tgani uchun hibsga olindi.

Top