10:46 / 20.08.2017
6122

Mirzo Ulug‘bek tumanida ma'muriy nazorat qoidalarini buzgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman IIBda o‘tkazilayotgan “Tozalash” tadbirida profilaktika inspektorlari tomonidan ma'muriy nazorat qoidalarini buzgan shaxs qo‘lga olindi.

Bu haqda KUN.UZ’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

M.Ulug‘bek tumanida 15 avgust kuni soat 02.30 da, 1984 yilda tug‘ilgan, muqaddam 2007 yil O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan sudlangan, Buz-2 dahasi 17-uyda yashovchi V.S.ga nisbatan ma'muriy nazorat o‘rnatilganligini bila turib, tekshiruv vaqtida, o‘rnatilgan vaqt mobaynida o‘z uyida sababsiz bo‘lmasdan, ma'muriy nazorat qoidalarini buzganligi aniqlanib, ushlandi. 

Mazkur holat yuzasidan M.Ulug‘bek tumani IIB tomonidan fuqaro V.S.ga nisbatan O‘zR JKning 226-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Mavzuga oid
Top