12:13 / 20.08.2017
17953

Video: «Barselona» sobiq futbolchisi Paulino transferi ustidan masxara qildi

«Barselona» sobiq futbolchisi, «Oltin to‘p»-1994 sohibi Xristo Stoichkov kataloniyaliklarning yangi futbolchisi Paulino ustidan masxara qildi. Paulino «Kamp Nou»dagi tanishtiruv marosimida to‘pni oyog‘ida uch martagina tepib turishni uddalab, keyin uni tushirib yuborgandi.

To‘pni erkin harakatlar bilan boshqarib jonglyorlik qobiliyatini ko‘rsatgan Stoichkov «Barselona» prezidenti Jozep Bartomeuga murojaat qildi: «Barto, men hozir bo‘shman», deya o‘zini futbolchi sifatida tavsiya qildi.

Ma'lumot uchun, 51 yoshli bolgariyalik futbolchi o‘z vaqtida «Barselona» safida (90-yillarda) 4 karra Ispaniya chempioni, Yevropa chempionlar kubogi sohibi, UYeFA Superkubogi va kubok egalari kubogi bosh sovrinini qo‘lga kiritgandi.

Top