02:29 / 20.08.2017
9267

Vitaliy Denisov futbolga qaytganidan xursand

«Lokomotiv» va O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov Germaniyada operatsiya qilinganidan 2 oydan ortiqroq vaqt o‘tib, Rossiya chempionatining 7-turida «Spartak»ka qarshi uchrashuvda (4:3) maydonga tushdi. Bu futbolchining jarohatdan keyingi ilk o‘yini edi.

«Barchani juda murakkab g‘alaba bilan tabriklayman! Safga qaytganimdan juda xursandman va o‘ylaymanki, bundan keyin barchasi faqat yaxshi tomonga ketadi! Bugun biz bilan birga bo‘lgan va qo‘llab-quvvatlab turganlarga rahmat», — deb yozgan Denisov «Instagram»dagi sahifasiga.

Top