19:01 / 21.08.2017
5148

Anatoliy Antonov Rossiyaning AQShdagi elchisi lavozimiga tayinlandi

Foto: rbc.ru

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Anatoliy Antonovni RFning AQShdagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinladi. 

"Prezident farmoni bilan Anatoliy Ivanovich Antonov Rossiya Federatsiyasining Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Favqulodda va Muxtor elchisi hamda Rossiya Federatsiyasining Amerika davlatlari tashkilotining Vashingtondagi qarorgohida doimiy kuzatuvchisi  sifatida tayinlandi", - deyiladi Kreml saytiga joylashtirilgan xabarda. 

Putin boshqa farmon bilan Antonovni tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etgan. 

Rossiya davlat rahbari, shuningdek, RFning shu paytga qadar elchisi Sergey Kislyakni Rossiyaning AQShdagi elchisi lavozimidan ozod etgan. 

Mavzuga oid
Top