14:03 / 21.08.2017
5766

Bryusselda avtomobilni piyodalarga qarata haydab borishga uringan haydovchi ushlandi

Bryussel markazidagi Anspash bulvarida avtomobil haydovchisi piyodalar zonasiga bostirib borishga harakat qildi, deb xabar bermoqda RTBF.

Haydovchi politsiyachilarni ko‘rishi bilan voqea joyidan yashirinishga uringan, biroq shaharning markaziy qismidan chiqaverishda qo‘lga olingan.

Xabar qilinishicha, qo‘lga olingan shaxs mast holatda bo‘lgan. U politsiya bo‘linmasiga so‘roqdan o‘tkazish uchun olib kelindi.

Avvalroq Belgiyada avtomobil haydovchisi bir guruh kishilarga qasddan hujum uyushtirgani xabar berilgandi.

Top