19:14 / 21.08.2017
17634

Bugatti AQShdagi ilk mijoziga giperkarini yetkazib berdi

AQShdagi ilk xaridorga Bugatti Chiron avtomobili yetkazib berildi. Ma'lumki, giperkardan atigi 500 dona ishlab chiqarilsa, uning 30 foizi Qo‘shma Shtatlarga yetkazib beriladi. 

Bugatti Chiron narxi barcha soliqlar va bojlar qo‘shib hisoblanganda Amerika bozoridagi xaridorga (eng arzoni namunasi) kamida 3 mln dollarga tushadi. 

Amerika uchun ilk Chiron aralash sariq-qora tusga bo‘yaldi. Ha aytgancha, Bugatti kompaniyasining ta'kidlashicha, rejalashtirilayotgan 500 dona avtomobildan 250 tasi allaqachon sotib bo‘lingan. Eslatib o‘tamiz, seriyali Chiron 2016 yili Jyeneva avtosalonida namoyish etilgan edi. Giperkar modernizatsiyalashgan 8 silindrli W16 kvadturbo dvigatel bilan jihozlanadi. Uning quvvati 1 500 ot kuchiga teng. Motor 7 bosqichli avtomatlashgan uzatmalar qutisi bilan uzviylikda mashinani harakatlantiradi. 

Bugatti kompaniyasi joriy yilda 70 dona Chiron ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Agar shunday sur'at saqlab qolinsa, belgilangan reja 2024 yilda bajariladi. 

Ta'kidlash joizki, amerikalik xaridor uchun yetkazilgan ilk Bugatti Chiron Pebbl-Bichdagi nafislik ko‘rgazmasida ham namoyish etildi. 

Top