Mutaxassislar Shimoliy Koreya armiyasi raketa-yadro qo'mondonligi joylashgan hududni aniqlashdi. Qo'mondonlik joylashgan hududdan olingan videotasvirlar orqali bilish uni aniqlash imkonipaydo bo'ldi. 

KXDR raketa-yadro kuchlari qo'mondonligi Pxenyandan atigi 40 km uzoqlikda joylashgan tog' daralaridan birida. Bu haqda Janubiy Koreyaning MBC telekanali xabar qilmoqda.

Jurnalistlarning taxmin qilishlaricha, ushbu strategik shtab joylashgan tumanni KXDR harbiylarining o'zlari ham yashirishmayapti. Telekanal bunda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In ishtirokidagi videolavhaga asoslanmoqda. Videoda strategik kuchlar qo'mondonligida sayr qilib yurgan davlat rahbarini ko'rish mumkin. 

Garchi lavhada aniq joy ko'rsatilmagan bo'lsa-da, ekspertlar uning qayerdaligini binolarning joylashuvi va boshqa belgilaridan tanishgan. Mutaxassislar sun`iy yo'ldoshlar orqali olingan suratlar vositasida majmua Janubiy Pxyonan viloyatidagi Sonchxon tumani Pekvon qishlog'i yaqinida joylashganini aniqlashdi. 

Shu yerning o'zida qurilgan temir yo'l tarmog'i ta`minlash va ko'chish ishlarini osonlashtiradi. Qarorgohning asosiy binolari g'orga yashirilgan. Ularning toqqa yaqin joylashuvi aviazarbalar chog'ida xavfsizlikning yuqori darajasini ta`minlashi kerak.