16:53 / 21.08.2017
29187

Xayrulla Nuriddinov 3 kun o‘tib yana MTRK raisi o‘rinbosarligiga qaytdi

Xayrulla Nuriddinov yana Milliy teleradiokompaniya raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga qaytarildi. Bu haqda KUN.UZ manbasi xabar berdi.

Avvalroq, 17 avgust kuni Nuriddinov MTRK raisi o‘rinbosarligidan olinib, «O‘zbekiston» telekanaliga direktor etib tayinlangandi

Shundan so‘ng Bahodir Yunusov O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani ma'lum qilingandi.

Ayni damda «O‘zbekiston» telekanaliga direktor etib kim tayinlangani, Bahodir Yunusov qaysi ishga o‘tkazilgani noma'lumligicha qolmoqda. 

Xayrulla Nuriddinov 1974 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1996 yilda Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan.

1999 yilda «Jasorat» medali, 2005 yilda esa «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist» davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

2006—2017 yillar davomida O‘zbekiston MTRKning «Yoshlar» teleradiokanali aksiyadorlik jamiyati direktori bo‘lib ishlagan.

Mavzuga oid
Top