22:11 / 21.08.2017
4751

Imkoniyati cheklangan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilinmoqda

Imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish yuzasidan maxsus so‘rov o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 avgustdagi "Imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish yuzasidan" F-5006-son farmoyishi asosida, Imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori boshchiligida Komissiya tuzildi.

Qiziqish bildirgan barcha yurtdoshlarimizni shakllantirilgan maxsus so‘rovnomada ishtirok etib, 30-avgustga qadar imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish yuzasidan o‘z takliflarini taqdim etishga taklif etamiz. Takliflar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi tomonidan umumlashtirilib, soha-tadbirlar rejasiga kiritilish uchun Komissiyaga taqdim etiladi.

Shuningdek, taklif hamda fikr-mulohazalar Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash komissiyasi” guruhi orqali ham qabul qilinadi.

Top