09:55 / 21.08.2017
14342

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida “Harakatlar strategiyasi xonasi” ochildi

18 avgust kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da belgilangan vazifalardan kelib chiqib “Harakatlar strategiyasi xonasi” ning rasmiy ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Respublika “Taraqqiyot strategiyasi markazi” ijrochi direktori Akmal Burxonov, Oliy maktab fanlari xalqaro akademiyasining O‘zbekiston bo‘limi prezidenti, «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi», akademik Oqil Umurzoqovich Salimov, siyosatshunos olimlar, jamoatchilik vakillari, institut professor-o‘qituvchilari va “Yoshlar ittifoqi” faollari ishtirok etdi.

Tadbir davomida “Taraqqiyot strategiyasi markazi” ijrochi direktori Akmal Burxonov so‘zga chiqib “Harakatlar strategiyasi xonasi”ning maqsad va vazifalariga alohida to‘xtalib o‘tdi hamda bu xonaning ochilishida yuqori darajadagi tayyorgarlik uchun institut rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi.

 

Top