10:23 / 21.08.2017
5837

Janubiy Koreya prezidenti: AQSh bilan mashqlar keskinlikni oshirishga yo‘naltirilmagan 

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In janubiy koreyalik va amerikalik qurolli kuchlarning qo‘shma harbiy mashqlarining boshlanishi haqida izoh berib o‘tdi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mashqlar faqatgina mudofaa maqsadlarida o‘tkazilmoqda hamda yarim orolda keskinlikni oshirishga yo‘naltirilmagan.

Ta'kidlanishicha, AQSh va Janubiy Koreya qo‘shma harbiy mashqlarni 31 avgustga qadar o‘tkazadi.

KXDR AQSh va Janubiy Koreyaning qo‘shma mashqini olovga moy quyish, deb atadi.

Mavzuga oid
Top