17:40 / 22.08.2017
6247

20 avgust kuni Toshkentda yuz bergan yo‘l-transport hodisalari

2017 yilning 20 avgust kuni Toshkent shahri hududida 2 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisalarida 2 nafar shaxs tan jarohati olgan, vafot etganlar yo‘q. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

2017 yilning 20 avgust kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 3161 ta huquqbuzarlik bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 758 tasini qo‘pol turdagi, 26 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan. 

Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 20 avgust kuni jami 707 ta huquqbuzarlik qayd etilgan bo‘lib, shulardan 400 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 307 tasini belgilangan me'yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.

Top