23:18 / 22.08.2017
16142

Mirobod bozorida pullarni naqdlovchi bankomat ishga tushdi

Foto: uz24

Mirobod tumanida «Qishloq qurilish bank» ATB tomonidan naqd pul olish imkoniyatini beruvchi bankomat joylashtirildi. Bu haqda bank axborot xizmatida xabar berildi. 

Toshkent shahridagi Mirobod dehqon bozori hududida 14 avgust kunidan sinov tariqasida naqd pul olish imkonini beruvchi tegishli dasturlar o‘rnatilgan bankomat ishga tushirildi.

Ushbu bankomat orqali bir kunda bitta plastik kartadan jami 100 ming so‘mgacha bo‘lgan naqd pul yechib olinishi mumkin bo‘ladi. 

Bankomatga 1000, 5000 va 10000 so‘mlik kupyuralar joylashtirilgan. Plastik kartadan naqd pul yechib olish jarayoni uchun taxminan 1,5-2 daqiqa sarflanadi.

Ta'kidlash joizki, bank xizmati uchun plastik karta egasidan komissiya to‘lovlari undirilmaydi. Bankomatlar Uzcard tizimiga ulangan istalgan bank plastik kartasini qabul qiladi.

Top