11:26 / 22.08.2017
5248

Namanganda 1 kilogrammdan ortiq marixuana moddasi daliliy ashyo sifatida olindi

Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida “Sohibkor” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, ishlamaydigan, muqaddam sudlangan, 1974 yilda tug‘ilgan A.T.ning uyi tekshirilganida, inshootning turli joylariga yashirib qo‘yilgan jami 1 kg. 39 gr. marixuana giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida olingan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi  Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top