14:47 / 22.08.2017
5194

Pentagon rahbari: Iroqda IShIDning kuni bitib qolgan

Foto: AP

AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettisning fikricha, IShID terrorchilik guruhi Iroqdagi so‘nggi tayanch nuqtasini himoya qilmoqda hamda “uning kuni bitib qolgan”. Pentagon rahbarining tegishli bayonotini Associated Press agentligi tarqatdi.

"Tushuning, IShID hozir halqaga o‘rab olingan. Shuning uchun uning kuni bitib qolgan. Biroq guruh hali yakuniy ravishda tor-mor etilmadi, hamda bu yaqin orada ro‘y bermaydi", - degan ayni vaqtda Iroqda bo‘lib turgan Mettis. Uning ta'kidlashicha, hozirda “IShID o‘zining so‘nggi jangini olib bormoqda”.

Avvalroq Pentagon rahbari Iroqqa e'lon qilinmagan tashrif bilan kelgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top