09:32 / 22.08.2017
3368

O‘zbekiston TIV rahbari Hindistonning tahliliy markazlari vakillari bilan uchrashdi

2017 yilning 21 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Dehli shahrida Hindiston Mudofaa vazirligining Mudofaa tadqiqotlari va tahlil instituti, Vivekanand xalqaro jamg‘armasi va Hindiston Kuzatuv-tadqiqot jamg‘armasi rahbarlari va ekspertlari bilan uchrashdi.

Vazir tomonidan o‘tkazilgan taqdimot nufuzli Hindiston tahlilchi va ekspertlarida katta qiziqish uyg‘otdi. Ushbu taqdimotda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida batafsil ma'lumot berildi va ushbu hujjat ko‘p qirrali O‘zbekiston-Hindiston hamkorligi uchun Hindiston tajribasi va texnologiyasini jalb qilgan holda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali yangi imkoniyatlar yaratishi qayd etildi.

Abdulaziz Komilov hindistonlik ishtirokchilar tomonidan berilgan barcha savollarga, xususan xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash masalalari hamda ba'zi mintaqa muammolariga oid savolarga javob berdi.

Avvalroq Komilov Dehlida Hindiston fan va madaniyat arboblari bilan uchrashgani xabar qilingandi.

Top