09:35 / 23.08.2017
3370

Abdulaziz Komilov rahbarligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Hindistonga safarini yakunlamoqda

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov rahbarligidagi yuqori darajadagi keng qamrovli delegatsiya 2017 yil 20-23 avgust kunlari Hindistonga tashrifini amalga oshirmoqda. Delegatsiya tarkibiga O‘zbekiston Tashqi savdo vaziri Elyor G‘aniyev, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, AKT, ipakchilik, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, sayyohlik va teriga ishlov berish sohalarini qamrab olgan turli yuqori darajali mansabdor shaxslar va biznes vakillari kiradi. Bu haqda ANI agentligi xabar qilmoqda.

Tashrif 2017 yil iyun oyida Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan ShHT sammiti doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Narendra Modi o‘rtasida juda samarali hamkorlikning amaldagi ifodasidir. 

Tashrif chog‘ida Komilov Vitse-prezident Venkayai Naiduni, Tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj bilan keng miqyosda muzokaralar o‘tkazdi, tashqi aloqalar vaziri M.J. Akbar bilan ko‘plab bitimlarga erishildi. A.Komilov rahbarligidagi delegatsiya a'zolari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha batafsil ma'lumotga ega bo‘lishdi.

Keng ko‘lamli o‘zaro aloqalar O‘zbekiston-Hindiston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holatini qayta ko‘rib chiqish va uni yangi darajaga ko‘tarish uchun yo‘l xaritasini ishlab chiqish imkonini berdi. Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni barcha sohalarda jadallashtirish, keng qamrovli va ko‘lamli kun tartibi asosida o‘zaro aloqalar tarixida yangi sahifa ochish to‘g‘risida kelishib oldilar. 

Top