09:53 / 23.08.2017
4562

AQSh inson huquqlarining buzilishi tufayli Misrga 300 mln dollar ajratishdan bosh tortdi

Foto: Getty Images

AQSh Misrga taxminan 300 mln dollar ajratishni rad etdi. Bu inson huquqlariga rioya etilmaslik holatlari bilan bog‘liq, deb xabar bermoqda Reuters.

Aniqlik kiritilishicha, Qo‘shma Shtatlar davlat kotibi Misrning harbiy va iqtisodiy yordam to‘g‘risidagi murojaatini rad etgan hamda pullarni boshqa mamlakatlarga yuborish haqida topshiriq bergan.

Tillersonning ta'kidlashicha, Misr hukumati demokratiyani mustahkamlash va inson huquqlarini himoya qilish vazifasini uddalay olmayapti.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, qaror Misrda nodavlat tashkilotlar harakatini cheklovchi yaqinda qabul qilingan qonun bilan bog‘liq.

Avvalroq AQSh Misrga harbiy yordam bermasligi haqida xabar berilgandi.

Top