09:31 / 23.08.2017
3887

AQShda Marsga yuboriluvchi yangi koinot kemasining ilk sinovi o‘tkazildi

AQShda ko‘p marotabalik foydalanishga mo‘ljallangan yangi koinot kemasi Orion’ning ilk sinovlari o‘tkazildi. Kanaveral burnida mutaxassislar kemaning bir qator tizimlarini tekshiruvdan o‘tkazishgan.

Birinchi marta elektr ta'minoti bort bloki, kompyuter tizimlari va ularga o‘rnatilgan dasturiy ta'minot hamda ma'lumotlarni saqlash bloki sinovdan o‘tkazilgan.

NASA axborot agentligining ma'lum qilishicha, Orion’ning fazogirsiz ilk parvozi 2019 yil Oy atrofida bo‘lib o‘tadi. NASA’da aynan shu kemada 2030-yillar o‘rtalarida insonning Marsga ilk parvozi amalga oshishiga umid qilinmoqda.

Mavzuga oid
Top