16:35 / 23.08.2017
6836

Arab koalitsiyasi Yamandagi mehmonxonaga aviazarba berdi

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi Yamanda joylashgan mehmonxonaga aviazarba berdi.

Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilishicha, havo zarbasi natijasida yamanlik o‘nlab isyonchilar, shuningdek, tinch aholi vakillari halok bo‘lgan. Ularning aniq soni hozircha noma'lum bo‘lib turibdi.

Avvalroq Yamanda arab koalitsiyasi vertolyoti halokatga uchragani xabar berilgandi.

 

Mavzuga oid
Top