23:22 / 23.08.2017
5695

Fransua Olland siyosatdan ketmasligini ma'lum qildi

Foto: RIA Novosti / Sergey Guneyev

Fransiyaning sobiq prezidenti Fransua Olland siyosatdan ketmasligini ma'lum qildi. Bu haqda “Frans Press” axborot agentligi xabar bermoqda. 

Olland prezident lavozimini egallagan vaqtda (2012-2017 yillar) Beshinchi respublikaning eng sevilmagan prezidentlaridan biri bo‘lgan va ikkinchi muddatga nomzodini qo‘ymaslikka qaror qilgan.

“Menga xavfli bo‘lib ko‘ringan vaziyat sababli men nomzodimni qo‘ymagan bo‘lsam ham, men siyosatdan kemasligimni aytganman”, deb ma'lum qildi Olland telekanallardan birida.

U “muayyan vaqtda aytishi kerak bo‘lgan narsani aytishini” qo‘shimcha qilgan.

Misol uchun, Fransiyadagi 2017 yilgi prezidentlik saylovlari ishtirokchilaridan biri, Fransiyaning sobiq bosh vaziri, 63 yoshli Fransua Fiyon siyosiy arbob sifatidagi 40 yillik faoliyatidan keyin Tikehau Capital investitsion kompaniyasida ishlash uchun siyosatni tark etishga qaror qilgan. 

Top