23:26 / 23.08.2017
6529

“Xato” to‘foni Hongkongga yetkazgan ziyon milliard dollardan ko‘proqqa baholanmoqda

Foto: REUTERS / Tyrone Siu

23 avgust kuni Hongkongga yopirilgan va moliyaviy markaz hayotini falajlagan “Xato” to‘foni yetkazgan ziyon 4 mlrd dan 8 mlrd Hongkong dollarigacha (0,5 mlrd dan 1 mlrd dollardan ko‘proqqa) baholanmoqda. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar bermoqda. 

23 avgustda Hongkong observatoriyasi to‘fon sababli 5 yil ichida birinchi marta xavflilikning eng yuqori – o‘ninchi darajasini e'lon qilgan. Umuman olganda bu ogohlantirish 1946 yildan beri o‘n ballik darajaning 15-marotaba e'lon qilinishidir.

To‘fon Hongkong hukumatini fond birjasidagi savdolarni yopishga majbur qilgan. Bu orada Hongkong xalqaro aeroportiga ertalabki soat 5dan kechki soat 18.00gacha faqatgina bitta samolyot kelib qo‘ngan. 300 dan ortiq reyslar bekor qilingan.

Hududdagi davlat idoralari, maktablar, restoranlar yopib qo‘yilgan. Sayyohlik sohasi ham katta ziyon ko‘rgan. Hongkongning yirik turoperatorlari o‘nlab turlarni qoldirishlariga yoki bekor qilishlariga to‘g‘ri kelgan. 

Top