09:19 / 23.08.2017
3952

Hindistonda yo‘lovchi poyezdi vagonlari relslardan chiqib ketdi, jabrlanuvchilar ko‘p 

Illyustrativ foto

Hindiston shimolida yo‘l-transport hodisasi oqibatida yo‘lovchi poyezdining 6 ta vagoni relslardan chiqib ketdi. Falokat oqibatida 74 odam jarohat olgan, deb xabar bermoqda mahalliy OAVga iqtibos keltirgan holda “RIA Novosti” axborot agentligi.    

Voqea 23 avgust ertalab Uttar-Pradesh shtatida yuz bergan. Kaifiyat Express poyezdi Aurayya shahri yaqinida samosval bilan to‘qnashib ketgan.

Mahalliy hukumat jarohatlanganlar sonini tasdiqlagan. Halok bo‘lganlar haqida ma'lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, xuddi shu shtatda 19 avgustda yo‘lovchi poyezdning 13 ta vagoni temir yo‘l izlaridan chiqishi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘lgandi va 50 dan ko‘proq kishi jarohat olgandi. 

Top