15:24 / 23.08.2017
16518

Shahzoda Harri malika Diananing o‘limi haqida: paparatstsilar u hayot uchun kurashayotgan paytda ham uni suratga olishda davom etgan

Shahzoda Harrining ma'lum qilishicha, malika Diananing avtomobilini fojia yuz bergan kuni ta'qib qilgan paparatstsilar, unga Parijdagi YTH yuz bergan joyda yordam berish o‘rniga, hayotdan ko‘z yumayotgan onasini suratga olishda davom etishgan.

«U orqa o‘rindiqda bo‘lgan hamda hali tirik edi, va xatti-harakatlari tufayli avtohalokat yuz bergan bu shaxslar unga yordam berishning o‘rniga, u hayot uchun kurashayotgan vaqtda uni suratga olishda davom etishgan», - dedi shahzoda Harri BBC telekanaliga bergan intervyusida.

Malika Diana, uning do‘sti Dodi al-Fayod va ularning haydovchisi Anri Pol 1997 yilning 31 avgustiga o‘tar kechasi Parijda yuz bergan avtohalokat tufayli hayotdan ko‘z yumishgan.

O‘tgan yili Malika Diananing sobiq tansoqchisi, iste'fodagi politsiya inspektori Ken Uorf fojia yuz bergan kuni qo‘riqchilar Dianani mashinaga o‘tirishiga to‘sqinlik qilishlari mumkin bo‘lgani haqida ma'lum qilgandi. 

Mavzuga oid
Top