23:44 / 23.08.2017
7435

Shahzodalar Uilyam va Harri “Yulduzli janglar” filmining yangi qismida suratga tushishdi

“Yulduzli janglar” filmining yangi qismini suratga olish maydonchasida Buyuk Britaniya shahzodalari Uilyam va Harrining sevimli filmda rol ijro etish haqidagi bolalikdagi orzulari ushaldi.

Ma'lum qilinishicha, filmda shturmchi rolini ijro etgan aktyor Jon Boyyega BBC Radio 4 radiostansiyasi jurnalistlari savollariga javob berish vaqtida shahzodalar haqiqatan ham filmda suratga tushishganlarini tan olgan.

“Sir tutishlar jonimga tegdi, baribir hamma yaqinda hammasini bilib oladi. Ha, ular suratga olishda ishtirok etdilar. Men ularning ishtiroki haqida savol berishganda javob berishdan qochishdan charchadim”, deb aytgan Boyyega.

Ta'kidlanishicha, aka-uka shahzodalarning filmdagi rollari epizodik bo‘lib, ular shturmchilar rolini ijro etishgan.

Aytish joizki, bu haqdagi gaplar OAVda bir yil avval paydo bo‘lgandi. Biroq o‘shanda qirollik uyi matbuot xizmati ham, film prodyuserlari ham bu ma'lumotni na inkor etishgandi va na tasdiqlashgandi.

Mavzuga oid
Top