00:06 / 23.08.2017
6660

Suriyaning Xama viloyatiga havodan zarba berilishi oqibatida 50 kishi halok bo‘ldi

Foto:aa.com.tr

Suriyaning Xama viloyatiga berilgan aviazarbalar oqibatida 2 ta qishloq vayron bo‘ldi, 50 kishi halok bo‘ldi, ulardan ko‘pchiligini ayollar va bolalar tashkil etadi, deb xabar berdi “Anadolu” axborot agentligi. 

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, IShID terrorchilik guruhi nazoratida bo‘lgan Ruvayda va Mustarixa qishloqlari aholisiga qarshi kassetali bombalar qo‘llangan. Suriyaning bu viloyatida tibbiyot muassasalari bo‘lmaganligi sababli  jarohatlanganlar davolanishsiz qolganlar.

Aviahujumni kim uyushtirgani noma'lumligicha qolmoqda.

Top