18:28 / 23.08.2017
5801

Yunusobodda jinoyatchilar o‘g‘rilik sodir etgandan so‘ng qo‘lga olindi

2017 yilning 20 avgust kuni taxminan soat 17:30 larda, Odilbek Rixsiboyev va Arofat Akbarova o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Yunusobod tumanida joylashgan “Akvapark” basseynida bo‘la turib, shu yerda qarovsiz qoldirilgan, fuqaro Umarbek Shoakbarov va Nargiza Muxtarovalarga tegishli bo‘lgan jami 3.688.000 so‘mlik mol-mulkini o‘g‘irlab, jinoyat joyidan yashiringanlar, deb xabar tarqatdi poytaxt IIBB.

Mazkur holat yuzasidan, Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “v” bandi (o‘g‘irlik, ya'ni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda. 

Jabrlanuvchilarning anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiyasi va ismining har qanday o‘xshashligi tasodifiy xarakterga ega.

Top