07:53 / 24.08.2017
4057

CNN International rahbari: Tramp mediabiznes uchun foydali

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Trampning OAVlariga vaqti-vaqti bilan xurujlari tanqidga uchragan telekanallar va nashrlar biznesi uchun foydali bo‘lmoqda. Bu haqda CNN International rahbari Toni Maddoks shunday fikr bildirdi, deb yozmoqda Hollywood Reporter.

«Agar siz Tramp asosan CNN, The New York Times, The Washington Post, Saturday Night Live...kabilarni tanqid qilayotganini ko‘rsangiz — [ushbu OAVning har biri] tomoshalar soni ortgani, savdolar ko‘payganiga erishgan», — degan Maddoks.

Toni Maddoks

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Tramp kimnidir «feyk (soxta) yangiliklar» deb atasa, bu uning uchun «dunyo oxir» bo‘lganini anglatmaydi. Maddoksning qo‘shimcha qilishicha, Amerika prezidenti va CNN o‘rtasidagi janjallardan so‘ng, telekanal reytingi rekord darajaga yetgan. 

«U biznes uchun foydali», — deb xulosa qilgan CNN International.

Avvalroq, AQSh Kongressi Trampning CNN telekanaliga bosimini o‘rganishga chaqirgan edi. 

Mavzuga oid
Top