09:58 / 24.08.2017
6010

CNN: Trampning maslahatchisi Putin bilan uchrashuv uyushtirishga harakat qilgan

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Trampning maslahatchisi Rik Dirborn 2016 yilda uning saylovoldi shtabi vakillarining Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan uchrashuvini uyushtirishga harakat qilgan. Bu haqda CNN telekanali manbalarga asosan xabar bermoqda.

Hozirgi paytda Dirborn Oq uy apparati rahbari o‘rinbosari lavozimida ishlamoqda.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Dirborn 2016 yilning iyunida Tramp jamoasi a'zolariga qisqacha maktub yo‘llab, unda «Tramp va Putinga yaqin yuqori lavozimli shaxslar o‘rtasida uchrashuv tashkillashtirishni xohlagan» qandaydir kishi haqida ma'lum qilib o‘tgan.

Xabar qilinishicha, maktubni Rossiyaning AQShdagi saylovlarga aralashuvi ishi bo‘yicha surishtiruv olib borayotgan kongressmenlar topishgan.

Avvalroq The Washington Post nashri Trampning maslahatchisi – Jorj Papadopulos 2016 yilda, saylovoldi kampaniyasining eng boshida milliarderga Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv tashkillashtirishni taklif qilgani haqida xabar bergandi.

Top