12:45 / 24.08.2017
43713

Majburiy ijro byurosi xodimlariga xizmat mashinalari topshirildi

Foto: prokuratura.uz

Joriy yilning 16 avgust kuni Bosh prokuratura xuzuridagi Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasining tuman bo‘limlari boshliqlariga xizmat avtomobillari va tumanlarda xizmat qilayotgan davlat inspektorlariga moped ulovlari topshirildi

Ushbu tadbirda Majburiy ijro byurosining direktori B.Qudratxodjayev, Toshkent shahar prokurori Sh.Obloqulov hamda Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda B.Qudratxodjayev Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasining tuman bo‘limlari boshliqlariga byuroning logotipi tushirilgan Neksiya rusumli xizmat avtomobillarining va davlat inspektorlariga moped ulovlarining kalitlarini tantanali ravishda topshirdi.

Foto: prokuratura.uz
Foto: prokuratura.uz

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 29 maydagi "Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste'mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etildi. Ushbu tuzilma elektr energiyasi hamda tabiiy gaz yetkazib berish va iste'mol qilish sohasida shartnoma majburiyatlariga so‘zsiz rioya etish, shuningdek, sud hamda boshqa organlar hujjatlari ijrosini amalga oshirishda ta'sirchan mexanizm bo‘lib xizmat qiladi.

Manba: «Huquq» gazetasining 34-soni, 24.08.2017 yil

Top