10:01 / 24.08.2017
21354

Meyvezer va Makgregor o‘rtasidagi jang g‘olibi kamari namoyish qilindi 

Foto: AP

Butunjahon bokschilik kengashi (WBC) amerikalik Floyd Meyvezer va irlandiyalik Konor Makgregor o‘rtasidagi boks jangi g‘olibi uchun beriladigan kamarni tayyorladi. 

Kamar Money Belt (pul kamari) deb atalgan. U timsoh terisidan tayyorlangan hamda 3360 ta brilliant, 600 ta moviy yoqut va 300 ta zumrad bilan bezalgan. Uning yaratilishida, shuningdek, 1,5 kg oltin ishlatilgan.

Jangning o‘zi esa 26 avgust Las-Vegasda birinchi o‘rta vazn toifasida (69 kg gacha) bo‘lib o‘tadi hamda titul jangi bo‘lmaydi. Toshkent vaqti bilan jang 27 avgust soat 9da boshlanadi.

Mavzuga oid
Top