11:10 / 24.08.2017
9463

OAV: Klinton o‘z kitobida Trampni haqorat qildi

Foto: Reuters

AQShdagi 2016 yilgi prezidentlik saylovlarida Demokratlar partiyasidan nomzod bo‘lgan Hillari Klinton o‘z xotira kitobida raqibi, Oq uyning amaldagi rahbari Donald Trampni haqorat qilgan. ABC telekanali o‘z saytida sobiq davlat kotibining kitobidan bir parcha keltirdi.

Xususan, Klinton 2016 yilning 9 oktabr kuni Sent-Luisda bo‘lib o‘tgan saylovoldi debatlarning ikkinchi turi haqidagi xotiralarida Trampni «ayollarni qo‘rqitishni yoqtiradigan ablah» deb atagan.

Demokratlardan sobiq nomzodning so‘zlariga ko‘ra, u raqibi juda yaqin masofaga yaqinlashganida o‘zini noqulay his qilgan.

«Siz nima qilgan bo‘lardingiz? Xotirjam bo‘lib, tabassum qilishda davom etarmidingiz? Yoki siz burilib, uning ko‘ziga qarardingiz hamda «Bir qadam ortga, ablah, mendan nari ket. Bilaman, sen ayollarni qo‘rqitishni yoqtirasan, biroq meni cho‘chita olmaysan» deb baland ovoz aytardingiz», - deya yozadi Klinton.

Hillari Klintonning «Nima ro‘y berdi?» nomli kitobi 12 sentabr kuni chiqadi.

Top