16:46 / 25.08.2017
7918

Nyu-Yorkda Kolumbga o‘rnatilgan haykal buzilishi mumkin

Foto: Getty Images

Amerikani ochgan Xristofor Kolumbning Nyu-Yorkdagi haykali buzilishi mumkin. Bu uni “irqchilik timsoli” deb tan olishsa ro‘y beradi, deb xabar bermoqda Mediate.

Nyu-York hokimi Bill de Blazioning tvitterdagi sahifasida yozishicha, “Sharlotsvilldagi hodisalardan so‘ng, shahar ma'muriyati barcha haykallarni ularda zo‘ravonlik belgilari bor yoki yo‘qligini bilish maqsadida tekshirib chiqadi”.

Ba'zi amaldorlarning so‘zlariga ko‘ra, Amerikani ochgan insonga o‘rnatilgan haykal nafrat va irqiy ustunlik belgilaridan biri bo‘lishi mumkin.

“Men komissiya qarorini kutaman. Avval aytganimdek, Xristofor Kolumb ko‘pchiligimiz uchun qarama-qarshi hissiyotlar keltirib chiqaruvchi shaxsdir, ayniqsa Karib havzasi mamlakatlari aholisi uchun”, - deya ma'lum qildi Blazio.

Avvalroq AQShda asoschi otalar monumentini yo‘q qilishni istashayotgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top