17:54 / 25.08.2017
10241

Stiven King Donald Trampni bloklab qo‘ydi

Foto: Getty Images

Amerikalik yozuvchi Stiven King AQSh prezidenti Donald Trampni bloklab qo‘ydi. Bu haqda yozuvchi mikroblogida xabar bergan.

«Donald Tramp meni tvitterda bloklab qo‘ydi. Men, shu tariqa, uni «U» va «Mister Mersedes»ni ko‘rmasligi maqsadida to‘sib qo‘ymoqdaman. Siz uchun hech qanday masxarabozlar yo‘q, Donald», - deya ma'lum qildi King.

«U» - Kingning Pennivayz ismli yovuz masxaraboz haqidagi shu nomdagi romani asosida suratga olingan film bo‘lsa, «Mister Mersedes» - bu Kingning shu nomdagi detektivi asosidagi serialdir. U ishga qaytishga majbur bo‘lgan politsiyachi haqida hikoya qiladi.

Avvalroq Stiven King Tramp va Kim Chen In «sayyoraning eng aqldan ozgan kishisi» nomi uchun kurashayotgani haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid
Top