23:45 / 25.08.2017
7898

Texasdagi supermarketlarda suv uchun tiqilinchlar yuzaga keldi

Foto: © flickr.com/Thad Zajdowicz

AQShning Texas shtatidagi supermarketlarda “Xarvi” to‘foni yaqinlashayotgani sababli xaridlar vaqtida tiqilinchlar yuzaga keldi. Amerikaliklar suv va birinchi ehtiyojdagi buyumlarni xarid qilishmoqda. 

Do‘konlardan birida tiqilinch vaqtida bir necha kishi jabrlangan, uch kishi tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan. To‘fon shtatning sohilbo‘yi hududlariga yaqin soatlarda yopiriladi. Mutaxassislar prognoziga ko‘ra, to‘fon 12 yil ichidagi eng vayronkori bo‘ladi. Shu sababli AQSh hukumati o‘n minglab odamlarni evakuatsiya qilgan. Neft oluvchi kompaniyalar ishlarini to‘xtatganlar. Texas “Xarvi” yo‘lida birinchi shtat bo‘ladi. U Texasdan keyin Luiziana va Missisipi shtatlari tomon yo‘naladi.

Top