17:39 / 26.08.2017
4095

Bukinghem saroyi yaqinida politsiyaga hujum qilgan shaxs bir metrlik qilichga ega bo‘lgan

Londondagi Bukinghem saroyi yonida politsiyachilarga hujum qilgan 26 yoshli erkakda uzunligi taxminan 1,2 metr bo‘lgan qilich bo‘lgan.

Bu haqda Skotlend-Yardning saytida xabar qilindi.

Avvalroq Bukinghem saroyi yonida politsiyachilarga hujum qilingani xabar berilgandi. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, 25 avgust kuni erkak kishi avtomobilini saroy yonidagi taqiqlangan joyga to‘xtatgan. Politsiyachilar mashina salonida kesuvchi moslamali qurolni ko‘rishgan va haydovchini ushlash choralarini ko‘rishgan.

London politsiyasining terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi hujum bo‘yicha surishtiruv ishlarini boshlab yubordi.

Mavzuga oid
Top