21:03 / 26.08.2017
24414

Futbol tarixidagi eng qimmatbaho transferlar

Ehtimol, siz o‘tgan yozda Pol Pogbaning «Manchester Yunayted»ga o‘tishini megatransfer sifatida qabul qilgansiz. Neymarning «PSJ»ga o‘tishi bilan siz endi bunday fikrlamay qo‘yganingiz aniq. Parij klubi Pogbaga to‘langan rekord qiymatni birdaniga 2 barobarga oshirib, braziliyalik uchun 222 mln yevro to‘ladi. «Barselona» esa bu pullarni qayerga ishlatishni ko‘p ham o‘ylab o‘tirmay, yirikligi bo‘yicha tarixdagi 2-raqamli transferni amalga oshirdi va Dortmundning «Borussiya»sidan Usmon Dembeleni xarid qildi. Bu borada Angliya premer-ligasi ham ortda qolmaslikka harakat qilmoqda.

Quyida futbol tarixidagi 15 ta eng qimmatbaho transfer reytingi keltirilgan. Reyting past ko‘rsatkichdan yuqori ko‘rsatkich tomon tuzilgan.

15. Kaka, 2009 yil, «Milan» (futbolchining avvalgi klubi) – «Real Madrid» (yangi klubi), 65 mln yevro

Foto:Gettyimages.ru/Denis Doyle

14. Zlatan Ibrohimovich, 2009 yil, «Inter» – «Barselona», 69.5 mln yevro

Foto:Alexander Hassenstein/Bongarts

13. Zinedin Zidan, 2001 yil, «Yuventus» – «Real Madrid», 73,5 mln yevro

Foto:Laurence Griffiths

12. Kevin De Bryuyne, 2015 yil, «Volfsburg» – «Manchester Siti», 74 mln yevro

Foto:Global Look Press/imago sportfotodienst

10-11. Xames Rodriges, 2014 yil, «Monako» – «Real Madrid», 75 mln yevro

Foto:Dpi/ZUMAPRESS.com

10-11. Anxel Di Mariya, 2014 yil, «Real Madrid» – «Manchester Yunayted», 75 mln yevro

Foto:Panoramic/ZUMAPRESS.com

9. Luis Suares, 2014 yil, «Liverpul» – «Barselona», 81,72 mln yevro

Foto: Gettyimages.ru/Michael Regan

8. Romelu Lukaku, 2017 yil, «Everton» – «Manchester Yunayted», 84.7 mln yevro

Foto:David Ramos

7. Neymar, 2013 yil, «Santos» – «Barselona», 88,2 mln yevro

Foto:Global Look Press/Daisuke Nakashima/AFLO

6. Gonsalo Iguain, 2016 yil, «Napoli» – «Yuventus», 90 mln yevro

Foto:Gettyimages.ru/Clive Mason

5. Krishtianu Ronaldu, 2009 yil, «Manchester Yunayted» – «Real Madrid», 94 mln yevro

Foto:Shaun Botterill

4. Garet Beyl, 2013 yil, «Tottenxem» – «Real Madrid», 101 mln yevro

Foto: REUTERS/John Sibley

2-3. Pol Pogba, 2016 yil, «Yuventus» – «Manchester Yunayted», 105 mln yevro

Foto:Jason Cairnduff

2-3. Usmon Dembele, 2017 yil, «Borussiya» D – «Barselona», 105 mln yevro + bonuslar

Foto:Horstmueller

1. Neymar, 2017 yil, «Barselona» – «PSJ», 222 mln yevro

Foto: Sports.ru
Top