20:00 / 26.08.2017
10453

Xakerlar hujumiga uchragan «Real» tvitteri Messining klubga o‘tganini yozdi

Foto: Goal.com

Xakerlar «Real»ning Feysbuk va Tvitterdagi sahifalarini buzib kirgan va «Barselona» hujumchisi Lionel Messining Madrid klubiga o‘tganini ma'lum qildi.

Oldinroq xabar berganimizdek «Real»ning sahifasida «Xush kelibsan, Messi» yozuvlari yozib qo‘yilgan. Uning ortidan esa Messining «Real» darvozasiga kiritgan gollaridan biri videosi ilova qilingandi.

Biroz o‘tib ushbu xabarlar tarmoqdan o‘chirib tashlandi.

Foto: Twitter/RealMadrid
Top