14:50 / 26.08.2017
26348

Meyvezer o‘zini haqorat qilmoqchi bo‘lgan Makgregor ustidan kuldi

Foto: AP

Boks bo‘yicha besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer UFC’ning yengil vazndagi chempioni Konor Makgregor ustidan kuldi. Bu an'anaviy nigohlar to‘qnashuvidan so‘ng yuz berdi.

Makgregor amerikalik bokschining ustidan haqoratomuz tarzda kulib, uni provokatsiya qilishga harakat qilgan. Meyvezer esa irlandiyalikning so‘zlariga e'tibor bermadi. Biroq, keyinroq bokschi uni haqorat qilmoqchi bo‘lgan Makgregor ustidan kulgan.

Eslatib o‘tamiz, jang 26 avgustdan 27 avgustga o‘tar kechasi Las Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Konor Makgregor o‘zini Bryus Liga o‘xshatgandi.

 

Mavzuga oid
Top