18:53 / 26.08.2017
6858

Olmaliqda 20 milliondan ortiq pulni o‘margan shaxs qo‘lga olindi

Olmaliq shahrida, shahar IIBga 16 avgust kuni Olmaliq shahrida yashovchi, uy bekasi G.Z. ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida joriy yilning 19 iyul kuni soat 08.00 lardan 09.30 larga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib, devordan oshib tushish yo‘li bilan kirib, uyi yotoqxonasidagi shkafi ichidan 20.350.000 so‘m pullari va umumiy narxi taxminan 1.800.000 so‘m bo‘lgan 2 dona ayollar tilla uzuklarini o‘g‘irlaganligini ma'lum qilgan.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Angren shahrida yashovchi, vaqtincha ishsiz N.V. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi. 

Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan o‘g‘irlik jinoyatini sodir etganligi uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ashyoviy dalil sifatida 2 dona ayollar tilla uzuklari olindi. Tergovni IIB olib bormokda.

Top