Poygachi Sebastyan Fettel «Ferrari» bilan shartnomasini uzaytirdi, deb xabar bermoqda RT.

Sky Sports ma`lumotiga ko'ra, kelishuv shartlari hozircha noma`lum. Avvalroq, «Skuderiya» poygachiga qiymati 120 mln dollar bo'lgan uch yillik shartnoma taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq nemis o'ziga kamroq muddatli kelishuv kerakligi haqidagi qarorga kelgan.

Fettelning o'zi ma`lum qilishicha, uning shartnomasi haqidagi ma`lumot «Formula-1» Italiya Gran-prisining yakunlanishidan avval paydo bo'lmaydi.

Iyul oyining oxirida Fettel «Formula-1» poygasining Vengriya Gran-prisi g'olibi bo'lgandi.