09:32 / 26.08.2017
16015

Surxondaryoda 20 mln dollarlik to‘qimachilik fabrikasi qurilishi boshlandi

Foto: Facebook/Erkinjon Turdimov

Surxondaryoning Denov tumanidagi "Shoxmoxkashshob" agrosanoat firmasi tomonidan tekstil fabrikasi qurilishi ishlari boshlab yuborildi. Bu haqda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma'lum qildi

Uning yozishicha, loyihaning umumiy qiymati 20 mln.AQSh dollari bo‘lib, shundan 12.5 mln AQSh dollari bank krediti bo‘lsa, qolgan 7.5 mln AQSh dollari "Shoxmoxkashshob" agrosanoat firmasi tomonidan moliyalashtiriladi. 

400 kishini doimiy ish bilan ta'minlaydigan mazkur loyiha 2018 yil 1 choragida ishga tushiriladi.

To‘qimachilik fabrikasining yillik quvvati 6300 tonna ip-kalava ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Uning umumiy yer maydoni 6 gektarni tashkil etadi.

Top