10:04 / 26.08.2017
5600

Tramp Texasda tabiiy ofat tartibini joriy qildi

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp "Harvi" to‘foni sababli Texas shtatida favqulodda tabiiy ofat tartibini joriy qildi. Bundan ko‘zlangan maqsad zarurat paydo bo‘lsa zudlik bilan federal yordam berishni yo‘lga qo‘yishdir. 

"Men Texas shtati gubernatori so‘roviga muvofiq, tabiiy ofatni e'lon qilishga doir hujjatni imzoladim. Bu federal hukumat yordamini to‘la ko‘rinishda ta'minlaydi", — deb yozgan Tramp Twitter sahifasida.

Prezident bundan avval dovul qurshab olgan tumanlardagi aholini mahalliy hokimiyat organlari tavsiyalarini so‘zsiz bajarishga va xavfsizlikda qolishga chaqirgan edi. 

"Harvi" dovuli allaqachon 4 darajaga yetib, Texas sohillarida hukmini o‘tkazayotgani xabar qilingan edi. Uning tezligi soatiga 210 kmni tashkil etmoqda. U Port-Aranzas shaharchasiga talofat yetkazishga ulgurgan.

Mavzuga oid
Top