18:57 / 26.08.2017
19173

Urgutda yoshlar tashabbusi bilan namunali to‘ylar o‘tkazildi (foto)

Samarqand viloyat Urgut tuman hokimligi sektor a'zolari o‘z faoliyati davomida tuman hududidagi mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni aniqlash ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatish maqsadida muayyan ishlarni amalga oshirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Urgut tuman Kengashi KUN.UZga xabar bermoqda.

Jumladan, tuman bo‘ylab olib borilgan ishlar natijasida 64 ta kam ta'minlangan oilaning voyaga yetmagan farzandlari sunnat to‘ylarini o‘tkazish zaruriyati, 168 nafar jismoniy imkoniyati chegaralangan fuqaroning nogironlik aravachasi, 15 nafar fuqaroga qo‘ltiqtayoq yana shuncha fuqaroga hassa, 10 nafar fuqaro eshitish apparatlariga ehtiyoji borligi aniqlangan.

Shunga ko‘ra tuman hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda qatnashgan faollar va tadbirkorlarning tashabbusi va homiylik yordamlari asosida kam ta'minlangan oilalar farzandlarining sunnat to‘yi, nogironlik aravachalari, qo‘ltiqtayoq, hassa, eshitish apparatlari olib berildi.

26 avgust kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tashabbusi bilan tumandagi 64 ta kam ta'minlangan oilaning voyaga yetmagan farzandlari sunnat to‘ylari namunali tarzda o‘tkazildi hamda 168 nafar nogironga nogironlik aravachasi topshirildi.

Shuningdek, «Quyi Algar» mahallasidagi 3 nafar nogironlarga bitta kir yuvish mashinasi, bitta sovutgich, ikkita yumshoq mebel, «Oqmachit» mahallasidagi 2 nafar nogironlarga bitta nogironlik aravachasi, gaz plitasi, 49 ta mahalladagi kam ta'minlangan oilalarga 8 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari olib berildi.

Bayram arafasida tumandagi «Mergancha» mahallasi imtiyozli kredit asosida namunali loyihalar asosida qurilayotgan 43 ta xonadon egasiga foydalanish uchun topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yillik bayramini ko‘tarinki ruhda kutib olish maqsadida belgilangan rejalar asosida tumanning chegara hududlaridan «Mirzabog‘lon-Chep», «To‘rtkul» mahalla markazlaridagi amfiteatrlarda mahalla aholisi bilan birgalikda bayram tadbirlari o‘tkazildi.

O‘z muxbirimiz

Mavzuga oid
Top