10:49 / 26.08.2017
6697

Viktor Mahmudov Qozog‘iston mudofaa vaziri bilan uchrashdi, harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha kelishuv rejalashtirilmoqda

Foto: inform.kz

Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Qozog‘iston mudofaa vazirining O‘zbekiston Respublikasi Xavfsizlik kengashi kotibi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Inform.kz mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga asosan.

Qozog‘iston mudofaa mahkamasi rahbari general-polkovnik Saken Jasuzoqov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar harbiy hamkorlikning hozirgi ahvoli va istiqbolli yo‘nalishlari haqida fikr almashishgan. Qayd etilishicha, joriy yilda ikki mamlakat o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha kelishuvning imzolanishi rejalashtirilgan.

Joriy yilning iyul oyida Viktor Mahmudov Belarus Xavfsizlik kengashi davlat kotibi bilan uchrashgandi.

Mavzuga oid
Top