08:50 / 27.08.2017
7725

«Atletiko» alamini «Las-Palmas»dan oldi

Madridning «Atletiko» klubi Ispaniya chempionatining ikkinchi turida «Las-Palmas»ni qaqshatqich mag‘lubiyatga uchratdi. Poytaxtliklar klubi ushbu safar uchrashuvida raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va 5:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

«Atletiko» o‘yinning dastlabki 5 daqiqasi ichida ikki marta darvozani ishg‘ol qilishga ulgurdi — Anxel Korrea va Yannik Ferreyra-Karrasko gollarga mualliflik qilishdi. O‘yinning 58-daqiqasida «Las-Palmas» futbolchisi Xonatan Kaleri javob golini urdi, ammo ko‘p o‘tmay yana ikki gol o‘tkazildi — Koke dubl qayd etdi. 88-daqiqada esa Tomas Teyye o‘yinning yakuniy natijasini o‘rnatdi — 5:1. Ferreyra-Karrasko ushbu o‘yinda gol urishdan tashqari ikki golga uzatma berdi. 

Shu tariqa, «Atletiko» mavsumdagi ilk g‘alabasiga erishdi, «Las-Palmas» ikkinchi mag‘lubiyatni qabul qildi.

Eslatib o‘tamiz, birinchi turni o‘z maydonida mavsum debyutanti bo‘lmish «Jirona»ga qarshi o‘ynagan, bu o‘yinda oxirgi daqiqalarda iroda ko‘rsatilib, durangga erishilgandi. O‘sha o‘yinda jamoa yetakchisi Antuan Grizmann qizil kartochka olib maydonni tark etgan, unga hakamga muomalasi uchun diskvalifikatsiya belgilangandi.

Ispaniya chempionati, 2-tur
Las-Palmas – Atletiko 1:5 (0:2, 1:3)
Gollar: 0:1 – 3 Korrea, 0:2 – 5 Ferreyra Karrasko, 1:2 – 58 Kaleri, 1:3 – 62 Koke, 1:4 – 75 Koke, 1:5 – 88 Parti.
Las-Palmas – Chichisola, Simon, Lemos, Bigas, Kastelyano, Fabio Gonsales (Arauxo, 65), Santana (Benito Ramires, 76), Dominges, Viyera, Momo (Kastelyano, 76), Kaleri.
Atletiko – Oblak, Vrsalko (Savich, 70), Ximenes, Godin, Lyuka Ernandes, Koke, Parti, Saul, Ferreyra Karrasko, Korrea (Torres, 65), Vetto (Gabi, 55).
Ogohlantirishlar: Santana (14), Bigas (24), Vetto (39), Fabio Gonsales (39), Viyera (62).

Mavzuga oid
Top