20:52 / 27.08.2017
16048

Boks, JCh–2017: Sanjar Tursunov yana g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘llanma oldi 

Foto: AIBA

Germaniyaning Hamburg shahrida AIBA shafeligi ostida boks bo‘yicha Jahon chempionatining uchinchi kuni o‘tib bormoqda. 

Bugun ilgariroq o‘tkazilgan janglarda 56 kg vaznda Murodjon Ahmadaliyev qozog‘istonlik Qayrat Yeraliyevga yengilgan, 64 kg vaznda Iqboljon Xoldorov kolumbiyalik Jon Guterresni yengib chorak finalga yo‘llanma olganidan xabaringiz bor.

91 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasining ikkinchi saralash bosqichida 19 yoshli bokschimiz Sanjar Tursunov argentinalik Yara Peraltaga qarshi ringga ko‘tarildi. Hayajonli o‘tgan uchrashuvda Sanjar hakamlarning 30:27, 30:26, 28:29, 30:27, 30:27 ochkolariga ega bo‘lib, 4:1 hisobida g‘alaba qozondi va chorak finalga yo‘l oldi.

Bizni bugun yana ikkita jang kutib turibdi:

49 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 
Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston) - Robinson Rodriges (Kosta Rika)

75 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 
Isroil Madrimov (O‘zbekiston) - Aziz Ochilov (Turkmaniston)

Mavzu
Boks. JCh-2017

25 avgust kuni Germaniyaning Hamburg shahrida Boks dunyosining 2017 yilgi eng nufuzli musobaqasiga start berildi. 25 avgustdan 2 sentabrgacha Hamburg shahri AIBA World Boxing Championship-2017 musobaqasiga mezbonlik qiladi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi kamsonli mamlakatlar singari to‘liq tarkibda ishtirok etadi. 

Barchasi
Mavzuga oid
Top