11:40 / 27.08.2017
7113

Livan Suriya chegarasida IShIDga qarshi harbiy harakatlarni to‘xtatdi

Livan armiyasi Suriya bilan chegara hududida IShID jangarilariga qarshi harbiy harakatlar yakunlangani haqida e'lon qildi. Bu haqda armiya bayonotiga asoslangan holda Reyter agentligi xabar tarqatdi.

Bayonotda aytilishicha, o‘t ochilishi to‘xtatilishi asirdagi jangarilarni livanlik askarlarga almashtirish bo‘yicha kelishuv munosabati bilan kuchga kirdi.

Livan armiyasi 19 avgust kuni Suriya bilan chegaradagi hududlarni IShID jangarilaridan tozalash uchun keng ko‘lamli amaliyotlar boshlagandi. Tog‘li hududlardagi Raas-Baalbek va Al-Kaa tumanlarida harbiy harakatlar olib borilgandi. Livan armiyasi Hizbulloh tashkiloti askarlari bilan ittifoqchilikda jang qildi.

Top