12:30 / 27.08.2017
6994

Pentagon rahbari Ukraina armiyasi uchun harbiy uskunalar olib keldi

Foto: RIA "Novosti"

AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis Kiyevga tashrifi vaqtida Ukraina qurolli kuchlari  uchun harbiy uskunalar olib keldi. Bu haqda AQShning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kurt Volker ma'lum qildi.

“Men mudofaa vazirlari quruq qo‘l bilan kelmasliklari haqidagi gapga qo‘shilaman. Mudofaa vaziri Ukraina armiyasi uchun muayyan mudofaa uskunalari olib keldi”, deb aytgan Volker.

Uning aytishicha, Rossiya va Belarusning “G‘arb-2017” harbiy mashg‘ulotlari g‘arb davlatlarini istalgan voqealar rivojiga tayyor turishga majbur qilmoqda.

Rossiya bir necha marta Ukrainaga qurol yetkazib berish rejalari yaxshilikka olib kelmasligidan ogohlantirgan, chunki bu Donbassdagi mojaroning kuchayishiga olib keladi.  

Ukrainaga qurol-aslaha yetkazib berilishiga ko‘plab yevropalik siyosatchilar ham qarshi chiqishgan. Jumladan, Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer Ukrainaga qurol-aslaha yetkazib berilishi inqirozdan chiqishning juda xavfli va nomahsuldor yo‘li hisoblanishini aytgan.

Top